Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mamlakat kubogida kutilmagan natijalar qayd etilmoqda
10:58 / 2024-04-13

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston kubogining 1-turidan o‘rin olgan «Metallurg» va «Sirdaryo FA» uchrashuvida 5:0 hisobi qayd etilgan bo‘lsa, «Jizzax» o‘z maydonida «Paxtakor»ga 1:2 hisobida yengildi. Mazkur o‘yinlardan so‘ng, «Metallurg» va «Paxtakor» o‘z guruhida peshqadamga aylandi.

Kubokning «Olimpik MobiUz» – «Qizilqum» o‘rtasidagi o‘yinda kutilmaganda mezbonlar 2:1 hisobida zafar quchdi va Toshkent klubi 3 ochkoni qo‘lga kiritdi. «Neftchi» esa «Do‘stlik» jamoasi darvozasiga javobsiz ikki gol kiritgan holda g‘olib bo‘ldi. 

Bugun, 13-aprel kuni «Andijon» klubi «Bobur Arena»da Samarqandning «Dinamo» jamoasini qabul qiladi. 

Shuningdek, bugun «Lokomotiv» – «Zomin», «Lokomotiv-BFK» – «Chig‘atoy», «Surxon» – «Olimpik» jamoalari o‘zaro raqobatlashadi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA