Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mamlakat energetika xavfsizligini ta’minlash – asosiy yo‘nalishlardan biri
15:48 / 2023-06-28

O‘zbekiston Ekologik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Abdushukur Hamzayevning Samarqand viloyatidagi ishonchli vakili Shavkat Hasanov Narpay tumani saylovchilari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda nomzodning tarjimai holi tanishtirilib, “Yashil taraqqiyot uchun!" shiori ostidagi saylovoldi dasturining asosiy yo‘nalishlari haqida ma’lumot berildi.

Jumladan, mamlakatimizda iqtisodiyot sohalari va aholini energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash, ekologik toza qayta tiklanuvchi energiya turlariga bosqichma-bosqich o‘tish va bu borada ilg‘or innovatsion texnologiyalarni joriy etish zarurligi ta’kidlandi.  

[gallery-12552]

– Buning uchun qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirishga qaratilgan “Yashil energetika strategiyasi” ishlab chiqiladi, – dedi Sh.Hasanov. – Iqtisodiyot tarmoqlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan, xususan quyosh, shamol, kichik suv oqimlari, geotermal va biomassa energiyasidan foydalaniladi hamda ushbu yo‘nalishlarga ilg‘or innovatsion texnologiyalar joriy etiladi. Iqtisodiyotning ko‘p resurs talab qiladigan – energetika, qurilish, qishloq xo‘jaligi, transport kommunikatsiya tizimi va kommunal sohalarida energiya, resurs tejovchi va boshqa innovatsion, ekologik hamda raqamli texnologiyalarni keng joriy etish qo‘llab-quvvatlanadi.

Biz chekka va olis hududlarda qayta tiklanuvchi va muqobil energiya manbalaridan foydalanuvchilar qo‘llab-quvvatlanishi kerak deb hisoblaymiz. Xususiy investorlar uchun imtiyoz va preferensiyalar joriy etish orqali sohaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish kengaytirilishi zarur. Shuningdek, uchrashuvda atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, aholi uchun qulay atrof-muhit sharoitlarini yaratish, iqlim o‘zgarishlariga moslashish, Orol fojiasi oqibatlarini yumshatish va Orolbo‘yi hududini yanada rivojlantirish, tabiiy-texnogen holatlar oqibatida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan barcha vaziyatlar yuzasidan tizimli ishlarni olib borish yuzasidan dasturda belgilangan chora-tadbirlar haqida ma’lumot berildi.

G‘.HASANOV,  

A.ISROILOV (surat), O‘zA