Mamlakat chempionatidan fotoreportaj
Poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida 8–14 yoshli o‘g‘il-qizlar o‘rtasida mamlakat chempionati bahslari qizg‘in pallaga kirdi.
Kecha musobaqaning 5-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra, qizlar o‘rtasidagi bahslarda barcha 5 ta uchrashuvda g‘alaba qozongan Shukrona Sobirova hamda Lazizabonu Komiljonova o‘z guruhlarida peshqadamlik qilmoqda.
O‘g‘il bolalar o‘rtasidagi bahslar ham qiziqarli tus olmoqda. Abdulboriy Abduvaliyev barcha o‘yinlarni g‘alaba bilan yakunlab, 5 ochko bilan yagona peshqadam bo‘lib turibdi.
Chempionatning g‘olib va sovrindorlari 9 fevral kuni aniqlanadi.
[gallery-27501]
Muhammad AMIN (surat), O‘zA