Mamayusipova Muqaddamxon Dilmurod qizining qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Soyaning o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ekish tizimlari hamda mineral o‘g‘itlar me’yorlarining ta’siri” mavzusida
Mamayusipova Muqaddamxon Dilmurod qizining “Soyaning o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ekish tizimlari hamda mineral o‘g‘itlar me’yorlarining ta’siri” mavzusidagi 06.01.08 – “O‘simlikshunoslik” ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.05/30.10.2020.Qx.126.01 raqamli Ilmiy kengashning 2025-yil 20-dekabr kuni soat 11:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 170600, Andijon tumani, Kuygan-yor shaharchasi, Oliygoh ko‘chasi 1-uy, Axborot-resurs markazi binosi.
Tel.: (+998-74) 224-02-82
e-mail: andqxai@exat.uz