Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mamarizo Nurmuratov: Inflyatsiyaning 2023 yil uchun mo‘ljallangan targeti 2024 yilga ko‘chadi
15:08 / 2022-07-21

Markaziy bank boshqaruvining navbatdagi yig‘ilishi yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Unda Markaziy bank joriy yil yakuni bo‘yicha inflyatsiya darajasi 12-14 foizlik koridorning quyi chegarasi atrofida shakllanishini prognoz qilayotgani qayd etildi. 

Iqtisodiyotda mavjud zaxiralar va yalpi talabning joriy tendensiyalaridan kelib chiqib, yil yakuni bo‘yicha YAIMning real o‘sishi 5,0-5,5 foiz atrofida bo‘lishi taxmin qilinmoqda. Avvalgi (aprel oyida) prognoz bo‘yicha 3,5-4,5 foiz bo‘lishi kutilgan edi. 

Bunda tartibga solinadigan narxlar oshirilishining keyinga qoldirilishi inflyatsiya bo‘yicha optimizmga turtki berayotgan bo‘lishi mumkin. 

Matbuot anjumanida Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov, yurtimizda inflyatsiyaning 2023 yil uchun mo‘ljallangan targeti 2024 yilga ko‘chishini qayd etdi. 

Mamlakatimizga kelayotgan pul o‘tkazmalarining ichki valyuta bozorida qanday harakatlanayotganligi muhim hisoblanadi. 

Anjumanda Markaziy bank raisi pul o‘tkazmalari bo‘yicha holat omillari haqida ma’lumot berdi. 

Qayd etilishicha, Rossiyada naqd valyuta va naqdsiz valyuta kursi o‘rtasida 15-30 foizgacha farq yuzaga kelgan. Migrantlar norasmiy pul o‘tkazmalarini rasmiy kanallar orqali o‘tkazishga o‘tgan. Pul o‘tkazmalari oshganiga ta’sir o‘tkazgan yana bir omil naqd pulda eksport qilish hajmi ko‘paydi. Dastlabki baholashlarga ko‘ra, iyun oyi eksportining 10 foizi atrofidagi tushumi naqd ko‘rinishida yuz bergan. 

Sh.Mamaturopova, O‘zA