Nazokatxon Shuxratjon qizi ISMOILOVA o‘qituvchi Qo‘qon davlat universiteti Qo‘qon, O‘zbekiston Electron pochta: nazokatxonismoilova21@gmail.com
Annotatsiya
Ushbu maqolada ma’lumotlarning taqsimlangan reyestri (DLT) texnologiyalari va aqlli shartnomalarning fuqarolik-huquqiy tabiati kompleks tahlil qilinadi. Xususan, ularning ishonchlilik darajasi, huquqiy kuchga ega bo‘lish shart-sharoitlari hamda ijro mexanizmlarining milliy va xalqaro huquqdagi turlicha talqinlari yoritiladi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi bilan xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribasi qiyosiy o‘rganilib, mazkur texnologiyalarni fuqarolik muomalasiga kiritishda yuzaga keladigan huquqiy bo‘shliqlar va xavflar aniqlanadi.
Tayanch soʻzlar: ma’lumotlarning taqsimlangan reyestri, aqlli shartnoma, fuqarolik-huquqiy tabiati, ishonchlilik, huquqiy kuch, ijro mexanizmi, milliy huquq, xalqaro huquq.