Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maltalik xonim yana Yevroparlamentni boshqaradi
09:52 / 2024-07-17

Yevropa parlamentning 720 nafar a’zosiga ikki yarim yil davomida kim rahbarlik qilishi 16 iyul kuni tongda ma’lum bo‘ldi. Bu shaxs – YeI tarkibidagi eng mitti davlatdan “otilib chiqqan” Roberta Metsola.

623 saylovchidan 562 nafari Metsola uchun qo‘l ko‘targani uning ohirgi ikki yildagi muvaffaqiyatli faoliyati bilan bog‘liq. 45 yoshli xonim siyosiy yo‘ldagi turfa kuchlar bilan ishlashga qodir yetakchi ekanini isbotladi va o‘ng markazdagi Yevropa Xalq partiyasida ko‘zga ko‘ringan arboblardan biri sifatidagi vakolatini mustahkamladi.

– Siyosatimiz yoshlar, oilalar, fermerlar va sanoat uchun foydali ovoz sifatida yangrashiga erishishimiz kerak, – dedi u o‘z qabul nutqida. – Bizning Yevropa hamma uchun ochiq, qit’amiz har kim o‘zini nafaqat jamoaning bir qismi, balki o‘ziniki deb biladigan Yevropaga aylanishi lozim.

Roberta Metsola qonun chiqaruvchilarni mas’uliyat bilan va ochiq harakat qilish, parlamentning halolligini qo‘llab-quvvatlash, hushyor va tanqidiy munosabatda bo‘lishga chaqirdi.

Shuningdek, u Ukraina qarshilikni davom ettirishi, Yaqin Sharqdagi ikki davlat yechimi, Kiprni birlashtirish, Afg‘onistondagi ayollar huquqi va Belarusdagi demokratik harakatni qo‘llab-quvvatlash zarurligiga alohida urg‘u berdi.

Sobiq Prezident Devid Sassoli 2022 yil yanvar oyida to‘satdan vafot etishi Metsolani katta siyosat maydoniga olib keldi. O‘shanda u ilk bor parlamentni boshqarishga kirishib, muhim o‘zgarishlar qilishga urindi. Jumladan, hukumat rahbarlari bilan shaxsiy aloqani chuqurlashtirish, parlament faoliyatini fuqarolarga tushuntirish uchun Yevropa poytaxtlari bo‘ylab sayohat qildi.

Ayniqsa, Metsolaning 2022 yil aprelda Kiyevga uyushtirgan tashrifi ko‘pchilik tomonidan olqishlandi. O‘shanda u urushdan ezilgan xalq vakillarining YeIga qo‘shilish istagini qo‘llab-quvvatladi.

Musulmon Ziyo, O‘zA