Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Malina eksporti 4 million dollarga yetadi
14:33 / 2022-05-28

Farg‘ona viloyatining Farg‘ona tumani malinachalikda katta tajribaga ega.

Xususan, Vodil hududida 5 ming 600 ta aholi xonadonlari va fermer xo‘jaliklarida 500 gektardan ortiq maydonda bugungi kunda qariyb 4,4 ming tonna mahalliylashtirilgan navlardagi malina yetishtirilmoqda.

Mazkur sohani yanada rivojlantirish va aholi daromadlarini oshirish, ishsizlik darajasini kamaytirish maqsadida bir qator amaliy ishlar olib borilmokda. Jumladan, Qizilqo‘rg‘on massivi hududida joylashgan samarasiz foydalanilayotgan 350 gektar bog‘larning qator oralariga malinachilik ko‘chatlari ekish yo‘lga qo‘yildi. Hozirgi kunga qadar 222 gektar bog‘ qator oralariga malina ko‘chatlari ekish ishlari amalga oshirildi. Tijorat banklari tomonidan 94 nafar fuqarolarga malinachilik yo‘nalishida 2,6 milliard so‘m miqdorida kredit mablag‘lari ajratildi. 

Qizilqo‘rg‘on massivida 20 gektar yer maydoni malinachilikni rivojlantirish maqsadida 10-15 sotixdan yer maydonlari 156 nafar “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ishsiz fuqarolarga ochiq auksion savdolari orqali ajratib berildi. Hozirgi kunda ajratilgan yer maydonlarida ekilgan malina ko‘chatlari baravj rivojlanmoqda. Shuningdek, qator orasidan samarali foydalanish maqsadida ko‘shimcha ekin sifatida kartoshka va sabzavot ekinlari ekildi. Hududda 3 ta malinachilik klasterlari tashkil etildi.

Malinaning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda, hududda yetishtiriladigan malinani qabul qilish, mahsulotni sifatli saqlash va eksportga yo‘naltirish choralari ko‘rilmoqda. “Dadaxon Murod fayzi” oilaviy korxonasi tomonidan qiymati 300 tonna sig‘imli, “Little Bakery house” xususiy korxonasi tomonidan qiymati 350 tonna sig‘imli zamonaviy muzlatkichli omborxona tashkil etildi.

Farg‘ona viloyati bo‘yicha 2021 yilda Polsha, Rossiya va boshqa davlatlarga 1 million dollarlik malina eksport qilingan bo‘lsa, yuqorida amalga oshirilayotgan tadbirlar natijasida eksport hajmini yillik 3-4 million dollarga yetkazish maqsad qilingan.

M. Sulaymonov, O‘zA