Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Malika" savdo majmuasi, "Poytaxt" biznes markazi va "Beldersoy oromgohi" sotildi
19:25 / 2022-01-17

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabarida qayd etilishicha, tegishli xususiylashtirish dasturiga ko‘ra, "No’kis vinozavodi" AJ ustav kapitalidagi 51,0 foiz ulushni xususiylashtirish ko‘zda tutilgan.

Shunga ko‘ra, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi "UzAssets" investitsiya kompaniyasi mazkur jamiyat ustav kapitalidagi aksiya paketini "Qarataw sawda bazasi" MCHJga 17,5 mlrd. so‘m xarid qiymati hamda 3,4 mln. AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritish sharti bilan sotilgani to‘g‘risida bayonot berdi.

Shuningdek, Davlat tender komissiyasining tegishli qaroriga muvofiq quyidagi davlat ko‘chmas mulk ob’ektlarining ommaviy savdo jarayonlari g‘oliblari belgilandi.

"Poytaxt biznes majmuasi" MCHJ mulkiy majmuasi 164,0 mlrd so‘mga, "Malika" savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish majmuasi 125,0 mlrd. so‘mga, "Beldersoy oromgohi" dam olish maskani 107,0 mlrd. so‘mga sotildi.

Ta’kidlash joizki, prezidentning 2020 yil 27 avgustdagi PF-6053-son farmoni talablariga ko‘ra, "Chorvoq" turistik-rekreatsion zonasi direksiyasi hududida amalga oshiriladigan loyihalar Direksiya bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.

Shuningdek, daraxt va butalarning kesilishiga joriy etilgan moratoriy talablariga rioya qilinadi.

O‘zA