Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Malika Amaliya tahdiddan qo‘rqib uyga qaytdi
18:09 / 2022-10-14

“Yevronyus” yozishicha, Niderlandiyada merosxo‘r malika, Qirolning Amsterdam universitetida o‘qiydigan to‘ng‘ich qizi Amaliya hujum qilinishi yoki o‘g‘irlab ketilishi xavfi kuchaygani uchun talabalar yotoqxonasini tark etib, uyga qaytishga majbur bo‘ldi. Bu haqda qirol Villem-Aleksandr va qirolicha-konsort Maksima jurnalistlar bilan uchrashganda ma’lum qildi.

Avvalroq mahalliy ommaviy axborot vositalarida xavfsizlik xizmati uyushgan jinoiy guruh a’zolarining o‘zaro telefon suhbatidan voqif bo‘lgani haqida xabar tarqagan edi. Jinoyatchilar muloqotida nishon sifatida bosh vazir Mark Ryutte ham tilga olingan.

— U (malika - tahririyat) uydan chiqmayapti, — dedi qirolicha-konsort Maksima. — Bu qizimning hayotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Ya’ni, bu malika Amsterdamda yashamayapti, ko‘chaga o‘zicha, erkin chiqa olmayapti, deganidir. Bu juda og‘ir. Amaliya endi boshqalardek talaba sifatida hayot kechira olmayapti. Baribir, men uning vaziyatga bardosh bera olayotganidan gururlanaman.

Bosh vazir Mark Ryutte ushbu yangilikni “dahshat” deya baholadi. "Xabar ayniqsa, Amaliyaga nisbatan chuqur xavotir uyg‘otadi. Afsuski, ushbu tahdid haqida hech narsa ayta olmayman. Faqat sizlarni ishontirib aytishim mumkinki, ayni holatga jalb qilinganlarning bari malika Amaliyaning xavfsizligini ta’minlash uchun bor chorani ko‘radi", — dedi hukumat rahbari.

Niderlandiya politsiyasi va prokuraturasi hozircha mavjud xavf to‘g‘risidagi axborotga biror izoh bermadi.