Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Malik fermerning muvaffaqiyati
16:30 / 2014-07-31

Er asl dehqonning qo‘liga tushsa, tuganmas daromad manbai ekani amalda ko‘p isbotini topgan. 

Er asl dehqonning qo‘liga tushsa, tuganmas daromad manbai ekani amalda ko‘p isbotini topgan. Buni Prezidentimiz rahnamoligida yaratilayotgan keng sharoit va imkoniyatlardan unumli foydalanib, ulkan yutuq va marralarni qo‘lga kiritayotgan fermerlarimiz faoliyati ham tasdiqlaydi.

Piskentlik Malik ota Qo‘ziyev umrining asosiy qismini dalada o‘tkazdi. Qishloq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida nimaiki yumush bo‘lsa, hammasiga qo‘l urdi. Oddiy ishchi, brigada boshlig‘i, ferma mudiri...

Bolaligidan o‘zining shaxsiy xo‘jaligiga ega bo‘lishni orzu qilgan yetmish yoshli M.Qo‘ziyevning maqsadi 2004-yili amalga oshdi. 48 gektar yer olib, “Imsinoy opa” fermer xo‘jaligiga asos soldi. Qishni sovuq, yozni issiq demay, kunni tunga ulab ishladi. Paxta, g‘alla majburiyatlarini ortig‘i bilan bajarib, mutasaddilarning ishonchini qozondi. Bugun ushbu fermer xo‘jaligining yer maydoni 101 gektar.

Fermerning sohada orttirgan boy tajribasi bu yil ham pand bermadi. Oltmish gektar yerdan ulkan g‘alla xirmoni ko‘tarib, davlatga 200 tonnadan ziyod don topshirdi. Qolgan bug‘doyni xo‘jalik a’zolariga taqsimlab berdi.

– Ko‘pchilik g‘alladan bo‘shagan yerga dam beradi, bu – xato, – deydi fermer. – Chunki yerga poliz ekinlari ekilishidan avval beriladigan ishlov maydonni turli tabiiy va mineral o‘g‘itlar bilan to‘yintiradi. Bu esa tuproq hosildorligini oshiradi.

Malik ota xo‘jaligiga qarashli yerning bir qismida paxta yetishtirmoqda. G‘o‘zasi baravj rivojlanayotir. Ayni kunlarda har bir g‘o‘za tupida 12-18 tagacha ko‘sak sanash mumkin. Bu – hosil 40 sentnerdan kam bo‘lmasligidan dalolat.