Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Malida muxolifatdagi partiya yoʻlboshchisi oʻgʻirlab ketildi
12:53 / 2020-04-04

Mali davlatida muxolifatdagi “Respublika va demokratiya uchun ittifoq“ partiyasining rahbari Sumail Sisse oʻtgan haftada oʻgʻirlab ketildi va hozir asirda saqlanmoqda, biroq uning ahvoli joyida, deb xabar tarqatdi Frans Press agentligi.

Bundan avval agentlik Sissening 25-martda mamlakatning markaziy qismida gʻoyib boʻlgani haqda yozgan edi. Oʻsha kuni mazkur partiya Sisse va uning jamoasi rejalashtirilgan majlisga kelmaganini va u bilan telefon orqali bogʻlanishning ham iloji boʻlmagani haqda bayonot bergan edi. Mali hukumatining matbuot kotibi Yaya Sangare 26-mart kuni Sissening gʻoyib boʻlishiga izoh berib, u “oʻgʻirlab ketilgan” dedi.

Partiya bergan maʼlumotga koʻra, jinoyatchilar u bilan birga yana sakkiz kishini oʻgʻirlagan. Juma kuni oqshom ularning hammasi qoʻyib yuborilgani haqida maʼlum qilindi, hozir faqat Sisse asirlikda ushlab turilibdi. Partiyaning maʼlum qilishicha, yoʻlboshchisining ahvoli “joyida“, uni ozod qilish uchun muzokaralar davom etmoqda.