Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Malida harbiylar davlat to‘ntarishini amalga oshirishga uringani aytilmoqda
18:12 / 2022-05-17

12 may kuni tunda Malida “g‘arb davlatlari” tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan harbiylar davlat to‘ntarishini amalga oshirishga urindi, deb bayonot berdi hududlarni boshqarish va mamlakatni nomarkazlashtirish vazirligi.

"Malilik taraqqiyotga qarshi bo‘lgan bir guruh harbiylar va zobitlar  12 may tunda  davlat to‘ntarishini amalga oshirmoqchi bo‘lishdi. Ularni g‘arb davlatlari qo‘llab-quvvatlagan", – deyiladi vazirlik tarqatgan bayonotda.

“Mali mudofaa va xavfsizlik kuchlari o‘zining hushyorligi va professionalligi tufayli o‘z vaqtida to‘ntarishga urinishni bartaraf qildi”, deb qo‘shimcha qildi vazirlik.

Bayonotda hozir vaziyat nazoratga olingani, hibsga olinganlar huquq-tartibot organlariga topshirilgani ham aytilmoqda.