Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mali isyonchilari mamlakat shimolida asosiy yo‘llarni to‘sib qo‘ydi
11:42 / 2023-12-21

“Frans Press” yozishicha, “Doimiy strategik tuzilma (CSP) – qurolli isyonchi guruhlar ittifoqi Mali va Jazoir chegarasidagi Menaka, Kidal, Gao, Tombuktu va Taudenni shaharlariga eltuvchi yo‘llar to‘liq to‘sib qo‘yilganini ma’lum qilgan.

Ta’kidlanishicha, qamal har qanday turdagi mahsulot va transport vositasiga tegishli.

Axborotda isyonchi guruhlar Mali armiyasining oxirgi muvaffaqiyatli hujumlari natijasida qator aholi manzillarida nazoratni yo‘qotgani ham ta’kidlangan.

2012 yil mamlakat shimolida ayirmachilar isyoni boshlangandan buyon Malida siyosiy inqiroz yuzaga kelib, xavfsizlikka putur yetgan. O‘n yildan ko‘proq davom etayotgan qurolli to‘qnashuv aholining ommaviy ko‘chishiga, gumanitar vaziyat halokatli tus olishiga sabab bo‘lyapti.

BMT statistikasiga ko‘ra, Malida 8,8 million kishi gumanitar yordamga muhtoj.