Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mali Daniyadan harbiy kontingentini mamlakat hududidan olib chiqishni talab qildi
17:45 / 2022-01-25

Mali Daniyadan mamlakat hududiga yaqinda joylashtirilgan harbiy kontingentini olib chiqishni talab qildi, deyiladi mamlakatning o‘tish hukumati tarqatgan kommyunikesida.

Bayonotda aytilishicha, Mali hukumati Daniyaning maxsus kuchlari kontingenti “Takuba” missiyasi doirasida mamlakat hududiga joylashtirilayotganini  "hayrat bilan kuzatib turibdi". Hukumatning ta’kidlashicha, Daniya harbiy kuchlari Mali hududiga uning roziligisiz joylashtirilgan. 

"Mali Respublikasi va Daniya Qirolligi o‘rtasidagi do‘stona va samarali hamkorlikka asoslangan munosabatlarga putur yetkazmaslik uchun Mali Respublikasi hukumati Daniyani harbiy kontingentini zudlik bilan mamlakat hududidan olib ketishga chaqiradi, — deyiladi ushbu Afrika mamlakati tarqatgan bayonotda. 

O‘tgan hafta Daniya Maliga “Takuba” missiyasida ishtirok etish uchun 90 kishidan iborat harbiy kontingentini joylashtirishi haqida ma’lum qilgandi. Xabarda ushbu amaliyotdan ko‘zlangan maqsad tinch aholini terrorchilardan himoya qilish ekani ta’kidlangan. 

Bundan avvalroq G‘arbiy Afrika davlatlari  iqtisodiy hamjamiyatiga kiruvchi mamlakatlarning    (EKOVAS) radiostansiyasi Maliga sanksiya e’lon qilingani haqida xabar tarqatgan edi. Bunga Mali tashqi ishlar vaziri Abdulay Diopning o‘tish davrini 2022 yil fevralda saylov o‘tkazib yakunlash imkonsiz, deb bergan bayonoti sabab bo‘lgan edi. 

EKOVAS  G‘arbiy Afrika davlatlari  markaziy banklaridagi Mali aktivlarini muzlatib qo‘yishga, chegaralarni yopishga va mamlakat bilan tijorat amaliyotlarini to‘xtatib qo‘yishga  qaror qildi. Shuningdek, EKOVAS Malidagi elchilarini chaqirib oldi va ushbu mamlakatga moliyaviy yordam berish bo‘yicha ham sanksiya joriy qildi. Ushbu sanksiyalarning joriy qilinishini AQSH va Fransiya ham qo‘llab-quvvatlagani aytilmoqda.