English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Malayziyaning eng yirik farmatsevtika kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
18:02 / 2025-02-05

Bugungi kunda O‘zbekiston farmatsevtika bozori, investitsiya imtiyozlari, import-eksport salohiyati dunyo davlatlarini qiziqtirib kelmoqda.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov va Malayziyaning eng yirik farmatsevtika kompaniyasi – "Duopharma" vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.    

Uchrashuvda kompaniya vakillari O‘zbekiston farmatsevtika bozori, investitsiya imtiyozlari, import statistikasi, eksport salohiyati kabi masalalar bo‘yicha qiziqish bildirdi.  

"Duopharma" – yuqori sifatli farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi yetakchi kompaniyalardan biri bo‘lib, uning mahsulotlari halol sertifikatiga ega va xalqaro bozorlar, jumladan, Janubi-sharqiy Osiyo va Yaqin Sharqda keng tarqalgan.  

Abdulla Azizov barcha masalalar yuzasidan batafsil ma’lumot berdi va yangi investitsion loyihalar ustida hamkorlikda ishlashga tayyor ekanligini bildirdi, deyiladi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi ma’lumotida.  

Shuningdek, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov Malayziyaning Selangor shtati, Shax-Alam shahrida joylashgan "Sirim Berhad" kompaniyasiga bordi.  

Uchrashuvda "Sirim Berhad" kompaniyasi vakillari o‘zining korporativ profilini taqdim etdi va yutuqlari, ilg‘or texnologiyalar, biotexnologiya, sun’iy intellekt (AI) va boshqa innovatsion sohalardagi faoliyati haqida ma’lumot berdi.  

Ma’lumot o‘rnida aytish joiz, "Sirim Berhad", – Malayziyaning yetakchi ilmiy-tadqiqot va texnologik kompaniyasi bo‘lib, u sanoat, atrof-muhit va ijtimoiy sohalarda innovatsion yechimlarni ishlab chiqish va qo‘llash bilan shug‘ullanadi.  

Abdulla Azizov O‘zbekistonda farmatsevtika sanoatini rivojlantirish, innovatsiyalar, fan va ta’limni qo‘llab-quvvatlash orqali amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.    

Uchrashuv davomida tomonlar bir qancha yo‘nalishlarda hamkorlikni boshlashga kelishib oldi.  

A.RUSTAMOV,

O‘zA