English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Malayziyalik kuzatuvchilar bilan uchrashuv
21:08 / 2024-10-25

Malayziya Markaziy saylov komissiyasi raisi Ramlan Bin Xorun boshchiligidagi delegatsiyasi mamlakatimizda bo‘lib turibdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovikuzatuvchilaridan iborat jamoa bilan tashkil etilgan uchrashuvni MSK raisi Zayniddin Nizamxodjayev olib bordi.

[gallery-19996]

Muloqot jarayonida tomonlar o‘rtasidagi hamkorlik kengayib borayotgani, do‘stona munosabat samarasi o‘laroq, o‘zaro tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yilgani ta’kidlandi. Aloqalarni izchil rivojlantirib borish zarurligi ma’qullandi.

Mehmonlar mamlakatimiz saylov qonunchiligidagi yangiliklar bilan tanisharkan, ayni yo‘nalishdagi ijobiy o‘zgarishlarni yuqori baholadi. Bo‘lajak saylov ham xalqaro demokratik tamoyillarga to‘laqonli javob berishiga ishonch bildirdi.

Ta’kidlash joiz, kuzatuvchilar missiyasi va xorijiy delegatsiyalar vakillari turli hududlardagi saylov uchastkalarida bo‘lib, yirik siyosiy tadbirga tayyorgarlik ko‘rish va saylovni o‘tkazish jarayonini bevosita kuzatib boradi. Kuzatuv yakunlari bo‘yicha, odatdagidek, tegishli xulosa va tavsiyalar beriladi.

Musulmon Ziyo, Asliddin Alijonov (surat), O‘zA