Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohimning taklifiga binoan 4-5 fevral kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ldi. Mazkur tashrif mobaynida davlatlarimiz o‘rtasida ko‘plab teng manfaatli, yaqin hamkorlikka asoslangan shartnomalar tuzildi, bitimlar imzolandi.
Ushbu mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotga erishish yo‘li, aholisi, mushatarak jihatlar, mintaqadagi o‘rni va davlatimiz rahbarining tarixiy tashrifining ahamiyati xususida sharqshunos olim, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti dotsenti Shavkat Ikromov bilan suhbatlashdik.
- Aytinchi, mazkur tashrif O‘zbekiston xalqi uchun qanchalik ahamiyatga ega?
- Tarifning ahamiyatiga to‘xtalishdan avval Malayziyaning davlat sifatida mavqei va ushbu davlat tashqi siyosatida Markaziy Osiyo, xususan O‘zbekistonning ahamiyati va biz uchun Malayziyaning ahamiyati to‘g‘risida biroz to‘xtalmoqchiman. Malayziya davlati bugungi kunda barqaror o‘rta daromadli, demokratik va faol rivojlanayotgan mamlakatlardan biri hisoblanadi, o‘zining mintaqasida va butun dunyoda ham.
Malayziya Yaqin Sharq, Xitoy, Hindistonni bog‘lab turuvchi, ya’ni o‘rtaliqda joylashgan, muhim strategik ahamiyatga ega bo‘lgan va bir qancha logistik tarmoqlarni o‘zida birlashtiradigan davlat hisoblanadi.
Malayziyaning iqtisodiyoti, qishloq xo‘jaligi, yuqori texnologik mahsulotlarni ishlab chiqarishi va joriy qilish bo‘yicha allaqachon o‘z mintaqasida, butun dunyoda ham yetakchi davlatlardan biri hisoblanadi.
O‘zbekiston va Malayziya bir-biriga yaqin, o‘xshash jihatlar mavjud. Ushbu davlatda ham islom dini keng tarqalgan, aholisining katta qismini musulmonlar tashkil qiladi. Mashablar jihatdan ham biz bir-birimizga yaqin va o‘xshash hisoblanamiz. O‘zbekiston va Malayziya tarixiy rivojlanish nuqtai nazardan ham uyg‘un davlatlar hisoblanadi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/WKme4HB4Vbc" title="Malayziyaga tarixiy tashrifning ahamiyati" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Sanjar Toshpo‘latov, Yoqub Meliboyev, Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA