Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Malayziyadagi sport mutasaddilari bir-birini korrupsiyada ayblamoqda
14:52 / 2022-12-22

Malayziya yoshlar va sport vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan Adam Adli milliy sport organlaridagi korrupsiya mamlakat sportchilarining xalqaro maydondagi salohiyatlarini to‘liq namoyish etishiga to‘sqinlik qilmoqda, deya ta’kidladi o‘tkazilgan ilk matbuot anjumanida.

Bu haqda xabar tarqatgan insidethegames saytining xabariga ko‘ra,  uning ushbu lavozimga tayinlanishi ortidan boshlangan bu kabi shov-shuvli chiqishlardan keyin Malayziya Olimpiya kengashi prezidenti Tan Shri Muhammad Norza Zakariya “Adam Adli mavjud tuzilmani yomon tushunishni aks ettiruvchi umumiy bayonot berishdan oldin manfaatdor tomonlarni jalb qilishi kerak edi. Uning chiqishi Malayziyadagi 57 ta sport uyushmalarining sha’ni va ularning bosh organi Malayziya Olimpiya kengashiga dalil-isboti yo‘q vajlardir", deb bildirdi.  

O‘z navbatida, Malayziya yoshlar va sport vazirining o‘rinbosari lavozimiga yangi tayinlangan Adam Adli "ishonchim komilki, sportni yoritadigan ommaviy axborot vositalari mamlakatda mavjud bu masalani juda yaxshi bilishadi. Ammo masalaning yechimi faqat bilishlardan iborat emas", deya qo‘shimcha qilgan.  

 

T.Ro‘ziyev, O‘zA.