Malayziya yetakchisi jiddiy bayonot berdi
– Malayziya AQSHning ehtimoliy savdo tariflari ta’sirini kutish emas, balki Xitoy, Rossiya va Braziliya kabi boshqa davlatlar bilan faol savdo aloqalari o‘rnatishni ma’qul ko‘radi, – dedi Bosh vazir Anvar Ibrohim. Bu haqda “Reuters” axborot agentligi yozdi.
Hukumat rahbari parlamentdagi nutqida Qo‘shma Shtatlarning bu qadami Malayziyaga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishini aytib, Donald Tramp tomonidan Kanada va Meksikaga nisbatan joriy qilinadigan qo‘shimcha soliqlarni 30 kunga to‘xtatib turish qarori ortida noaniqlik borligini qo‘shimcha qildi.
– Biz savdo hamkorlarining yanada keng tarmog‘ini yaratish uchun faol harakat qilishimiz kerak, – degan Anvar Ibrohim.