Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Malayziya va Indoneziya Janubi-sharqiy Osiyoning yadrodan holi hududi maqomini saqlashda birgalikda harakat qiladi
14:51 / 2021-10-30

AQSH, Buyuk Britaniya va Avstraliyaning xavfsizlik bo‘yicha tuzgan AUKUS blokiga qarshi o‘laroq Malayziya va Indoneziya birgalikda Janubi-sharqiy Osiyoning yadrodan holi hudud maqomi saqlanishiga erishmoqchi, deyiladi "TASS" xabarida.

"New Straits Times" gazetasining yozishicha, mazkur masala ikki davlat mudofaa vazirlari Hishamiddin Husayn va Prabovo Subiantoning Kuala-Lumpurdagi muzokaralarida muhokama qilingan.

“Biz AUKUS tomonidan mintaqada beqarorlik vujudga kelishi ehtimolini ko‘rib chiqdik”, dedi Malayziya mudofaa vaziri.

Uningcha, ikki davlat tegishli hamkorlik bilan mintaqaning yadrodan holi maqomi saqlab qolinishiga erishmog‘i lozim.