Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Malayziya universiteti bilan anglashuv memorandumi imzolandi
17:17 / 2022-06-02

Toshkent Davlat sharqshunoslik universiteti va Malayziyaning Sulton Idris Pedagogika universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik bo‘yicha anglashuv memorandumining onlayn imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘zaro anglashuv memorandumi Toshkent Davlat sharqshunoslik universiteti rektori Gulchehra Rixsiyeva va Sulton Idris Pedagogika universiteti rektori Dato Amin bin Mad Taf tomonidan imzolandi.  

Tadbirda qayd etilganidek, ushbu hujjatning imzolanishi orqali ikkala universitet o‘rtasida hamkorlikning o‘rnatilishi Malayziya ta’lim tizimi bilan yaqindan tanishish hamda respublikamizda malayshunoslik sohasining rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.  

Endilikda anglashuv memorandumi orqali ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida professor-o‘qituvchilar va talabalar bilan almashish, qo‘shma ta’lim dasturlari hamda doktorantura ixtisosliklari asosida kadrlar tayyorlash, ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish va birgalikda ilmiy konferensiyalar, ilmiy-nazariy seminarlar o‘tkazishda hamkorlik qilinadi.  

Tadbirda TDSHU rektori rahbarligidagi delegatsiya a’zolari joriy yil noyabr oyida Kuala-Lumpur shahrida o‘tkaziladigan Sulton Idris Pedagogika universitetining 100 yillik yubiley tadbirlarida ishtirok etishga taklif etildi.  

Imzolash marosimi yakunida Malayziyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Hendi Assan so‘zga chiqib, 2017 yilda boshlangan Toshkent Davlat sharqshunoslik universitetiga malay tili o‘qituvchilarini jalb etish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga tayyorligini ta’kidladi.   

Shu bilan birga, ushbu anglashuv memorandum istiqbolda Toshkent Davlat sharqshunoslik universitetida «Malayziya fan-ta’lim markazini» hamda Sulton Idris Pedagogika universitetida «O‘zbek tili va madaniyati markazi» ochish uchun qulay imkoniyat yaratishini alohida qayd etdi.  

 Gulnoza Boboyeva, O‘zA