Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Malayziya Turizm, san’at va madaniyat vaziri bilan uchrashuv
23:43 / 2022-03-29

Tashrif bilan Malayziyada bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Sidiqov bugun ushbu mamlakatning turizm, san’at va madaniyat vaziri Nensi Shukriy bilan uchrashdi.

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston Turizm va madaniy meros vazirligi bilan Malayziya Turizm, san’at va madaniyat vazirligi o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan fikr almashildi.

Sayyohlik mahsulotlari va xizmatlarini o‘zaro ommalashtirish, mehmonxona biznesi va turistik ob’ektlar menejmenti sohalarida qo‘shma loyihalar amalga oshirish maqsadida ikki mamlakat sayyohlik kompaniyalari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqani yo‘lga qo‘yish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

Musulmon turizmi standartini ishlab chiqish va ziyorat turizmi mahsulotlarini yaratish bo‘yicha tajriba almashish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Muzokarada tomonlarning YUNESKO va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasidagi munosbatining ayrim masalalari ham muhokama qilindi.

O‘zA