Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Malayziya sudi sobiq Bosh vazir Najib Razakning shikoyat arizasini koʻrib chiqishni keyinga qoldirdi
16:18 / 2019-02-11

Dushanba kuni Malayziya sudi sobiq Bosh vazir Najib Razakning ishi boʻyicha sudga topshirilgan qayta koʻrib chiqish haqidagi arizasi boʻyicha sudni keyinga qoldirganini eʼlon qildi.

Dushanba kuni Malayziya sudi sobiq Bosh vazir Najib Razakning ishi boʻyicha sudga topshirilgan qayta koʻrib chiqish haqidagi arizasi boʻyicha sudni keyinga qoldirganini eʼlon qildi.

Sobiq Bosh vazir qoʻyilgan ayblovlarni birortasini ham tan olmagan va uning advokati ushbu ish boʻyicha apellyatsiya sudiga murojaat qilgan. Najib Razakning arizasi boʻyicha sud ishi ertaga, yaʼni 12 fevral kuni boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan edi. Biroq Malayziya oliy sudi ishni keyinga qoldirgan.

Najib Razak advokatining soʻzlariga koʻra, apellyatsiya sudi qachon koʻrib chiqilishi haqida hali bir toʻxtamga kelinmagan.

Eslatib oʻtamiz: Sobiq Bosh vazir oʻtgan yilning may oyida “1Malaysia Development Berhad” kompaniyasidan 4,5 milliard dollar miqdoridagi mablagʻni oʻzlashtirganlikda ayblangan edi.