Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Malayziya boshqa mamlakatlar uchun chiqindi yuboradigan joy emas“
16:30 / 2020-01-21

Malayziya hukumati xorijiy davlatlardan kelgan 150 yuk konteyneri hajmdagi plastik chiqindini kelgan joyiga qaytarib yubordi.


Malayziya hukumati xorijiy davlatlardan kelgan 150 yuk konteyneri hajmdagi plastik chiqindini kelgan joyiga qaytarib yubordi.

Mamlakat atrof-muhit muhofazasi vaziri Yeo Bi In Malayziya boshqa mamlakatlar uchun chiqindi yuboradigan joy emas, balki orzu qilishga arzigulik hudud ekanini ta’kidladi, deyiladi “Rossiyskaya gazeta“ nashrida.

Jami 3737 tonna chiqindi Yevropa, Janubiy Amerika va Osiyodagi qator davlatlarga qaytarib yuborilgan. Malayziya buning uchun hech qanday mablag‘ sarflamay, xarajatni yuk tashuvchi kompaniyalar zimmasiga yuklagan.

Yeo Bi In yaqinda yana 110 konteynerdagi chiqindi egalari tomon jo‘natilishi, ulardan 60 tasi AQShga qaytarilishini qayd etgan.