English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Malayziya bosh vaziriga qachon lavozimdan ketishini oʻzi hal qilish huquqi berildi
14:10 / 2020-02-22

2018-yilda Maxatxir Muhammad muxolifat koalitsiyasidan bosh vazirlikka tayinlangan edi


Malayziya hukumatini boshqarayotgan koalitsiyaning Oliy kengashi boʻlmish “Umid alyansi“ (Pakatan Harapan) 94 yoshli bosh vazir Maxatxir Muhammadga oʻz lavozimini qachon tark etish masalasini oʻzi hal etishi mumkinligi haqida qaror chiqardi, deb xabar qiladi Star gazetasi.

2018-yilda Maxatxir Muhammad muxolifat koalitsiyasidan bosh vazirlikka tayinlangan edi. Bundan avval u 22 yil (1981-yildan 2003-yilgacha) hukumatni boshqargan. Maxatxir Muhammad va koalitsiya taxminan ikki yildan keyin Adolat xalq partiyasi yoʻlboshchisi Anvar Ibragim bosh vazirlik lavozimini egallashga kelishib olgandi. Ammo keyinroq, Maxatxir Muhammad agar jamoatchilik vakillari qarshi boʻlmasa, bosh vazirlikda yana ikki yildan koʻproq qolishga ham tayyor ekanini aytgan.

Bundan tashqari, oʻtgan yili ham Maxatxir Muhammad 2030-yilgacha hukumat tepasida qolishi mumkinligini maʼlum qilgandi.