Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Malayziya bosh vaziri parlamentni tarqatib yubordi
18:43 / 2022-10-10

Malayziya bosh vaziri Ismoil Sabri Yaakob mamlakat podshohi ruxsati bilan mamlakat parlamentini muddatidan avval tarqatib yuborganini ma’lum qildi. Endi yangi saylov 60 kun ichida bo‘lib o‘tishi kerak. Dushanba kuni bosh vazirning o‘zi shu haqda ma’lum qilgani aytilmoqda.

"Mamlakat konstitutsiyasiga binoan parlamentning 15-umumiy saylovi 60 kun davomida bo‘lib o‘tishi kerak", - dedi u.

Bosh vazir, shuningdek, mamlakat shtatlari rahbarlariga qonunchilik organlarini tarqatib yuborishni tavsiya qildi. Xabarda ta’kidlanishicha, faqat Sabax, Saravak, Melaka va Joxor shtatlarida bunday qilinmaydi. Chunki mazkur shtatlarda yaqindagina saylovlar bo‘lib o‘tgan edi.

Uning bayonot berishicha, yangi saylovlar siyosiy beqarorliklardan qochish va barqaror va hamma hurmat qiladigan hukumatni tashkil etishning eng yaxshi usuli bo‘ladi.