English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Malavi prezidenti hukumatni tarqatib yubordi
19:31 / 2022-01-25

Afrikadagi Malavi Respublikasi prezidenti Lazarus Chakvera korrupsiyaga qarshi kurash doirasida mamlakat hukumatini to‘liq tarkibda tarqatib yubordi.

"Men shu vaqtdan boshlab hukumatni to‘liq tarkibda tarqatib yubordim, vazirlar mahkamasining barcha vazifasi mening idoram tomonidan ijro etiladi. Bu jarayon ikki kun ichida hukumat tarkibida o‘rgarish haqida ma’lum qilingunga qadar davom etadi. Yangi tarkibga hozirgi yer ishlari vaziri kirmaydi. Unga korrupsiyada ayblanayotgani uchun sudda javob berishi va o‘z nomini oqlab olishi uchun imkon beriladi", – degan prezident o‘z murojaatida.

Chakvera shuningdek, “davlatning mansabdorlari tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan qonunbuzarliklarning barcha ko‘rinishiga qarshi kurashishga” va’da berdi.