Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Malakali yuridik yordam olish huquqi Konstitutsiyada mustahkamlanadi
11:41 / 2023-03-08

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan Konstitutsiyaviy islohotlar “inson – jamiyat – davlat” degan tamoyilni konstitutsiyaviy qoida sifatida muhrlashga, inson huquq va manfaatlari himoyasini kuchaytirishga qaratilgani bilan alohida e’tiborga molik.

Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bilan har kimga malakali yuridik yordam olish huquqi kafolatlanishi belgilanmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Inomjon Qudratov quyidagilarni ta’kidladi:  

— Yangilanayotgan Konstitutsiyamizning loyihasida har kimga malakali yuridik yordam olish huquqi kafolatlanishi o‘z aksini topmoqda.  

Qonunchiligimizga ko‘ra, huquqbuzarliklardan jabrlanganlar huquqlari qonun bilan muhofaza qilinadi. Davlat jabrlanganlarga himoyalanishni va odil sudlovdan foydalanishni ta’minlaydi, ularga yetkazilgan zararning o‘rni qoplanishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.  

Shu paytgacha davlat hisobidan yuridik yordam faqat jinoiy ishlarni ko‘rish davomida ko‘rsatilar edi. Endilikda fuqarolik va ma’muriy ishlarni ko‘rishda ham davlat tomonidan yuridik yordam ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi. Bunda ijtimoiy reyestrga kirgan fuqarolarga bepul yuridik ko‘mak ko‘rsatiladi.  

Mazkur amaliyotning Konstitutsiya darajasida mustahkamlab qo‘yilishi insonlarning huquq va manfaatlarini samarali himoya qilishga xizmat qiladi.  

 

Muhtarama Komilova,  

O‘zA