Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Malakali xodimlar bank imidjini oshiradi
15:57 / 2023-07-28

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining moliyaviy savodxonlikni oshirish departamenti o‘quv rejasiga muvofiq, “O‘zmilliybank” AJ tomonidan “Ipak yo‘li” ATB bilan hamkorlikda tijorat banklari xodimlarining malakasini oshirish, kasbiy bilimlarini rivojlantirish hamda o‘zaro tajriba almashish maqsadida Bank Moliya akademiyasida tadbir tashkil etildi.

"O‘zmilliybank" AJ taqdimotining asosiy mavzusi masofadan o‘qitish tizimini yaratish va amaldagi SAP dasturiy ta’minotga integratsiya qilish uchun “Inspring” platformasidan foydalanish tajribasi va bankda faol joriy etilayotgan LMS moduli bo‘yicha mutaxassislarni o‘qitishni har tomonlama qamrab olishdan iborat bo‘ldi.  

Shuningdek, “Ipak yo‘li” ATB mas’ul mutasaddilari “Ispring” platformasidan foydalanib xodimlarni masofadan o‘qitishning to‘liq tizimi bo‘yicha o‘z tajribalarini taqdim etdi.  

– Ta’kidlash kerakki taqdimot  puxta tayyorgarlik asosida o‘tkazildi va bu jarayonda so‘nggi yangiliklar hamda amaliy tajribalar muhokama qilindi, – deydi “O‘zmilliybank” AJ xodimlarni o‘qitish va rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Svetlana Mindrina. – Asosiysi, mazkur dasturning avtomatlashtirilganligi bo‘lib, shubhasiz, bu xodimlarga qulaylik yaratadi. Ular ish joyida, uyida yoki  istagan manzilda o‘zi uchun kerak bo‘lgan bilim va ma’lumotlarga ega bo‘la oladi. Xodimlarning kasbiy mahorati oshishi evaziga esa bank imidji mustahkamlanib, mijozlar safi kengayadi.  

Eslatib o‘tamiz, “Ispring” platformasi orqali tashkilot xodimlarning bilim va tajribasini tahlil qilib, kadrlarning ishlash ko‘rsatkichlari va rivojlanish jarayonini baholash imkoniga ega.  

“O‘zmilliybank” AJ va “Ipak yo‘li” ATB birgalikda o‘tkazgan ushbu tadbirda aynan yuqoridagi jihatlar e’tiborga olindi. Bu borada muhim bo‘lgan takliflar o‘rganilib, o‘zaro tajriba almashildi. Tadbir jarayonida mazkur tizim asosida tuzilgan amaliyotdan mahorat  darslari va bu saboqlar bo‘yicha qiziqarli savol- javoblar o‘tkazildi.    

“O‘zmilliybank” AJ

Matbuot xizmati

O‘zA