Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Malakali ko‘z jarrohlari yuqori texnologik operatsiyalar o‘tkazmoqda
13:17 / 2022-09-14

Ko‘z noyob a’zo. Usiz hayot go‘zalliklaridan bahramand bo‘la olmaymiz. Ammo o‘qib-o‘rganishimiz, bilim olishimiz, kasb-hunar o‘rganishimiz hatto yaxshi-yomonni ajratishimiz uchun ham uning ko‘magi zarur.

Ko‘z tizimdagi oddiygina muammo sabab, yorug‘ jahonni, yaqinlarimizni ko‘ra olmay qolishimiz mumkin. Bunga, chor atrofimizni qamrab turgan ranglar ham o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan qolmaydi.

Natijada ko‘zimizda kutilmagan o‘zgarishlar yuz bera boshlaydi. Oldiniga unchalar ham ahamiyat qaratmaymiz. Muammo, qachonki chuqurlashsagina oftalmologlarga murojaat qilamiz.

Ayni vaqtda Sirdaryoda istiqomat qilayotgan aholining kattagina qismining ko‘z sohasi bilan bog‘liq muammosi bor. Katarakta, glaukoma, g‘ilaylik va boshqa kasalliklar so‘ngi paytlarda ko‘paygan. Uning oldini olish va davolash maqsadida Sirdaryoda Respublika ixtisoslashtirilgan Ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va uning Sirdaryo filiali oftalmologlari tomonidan ko‘z bilan bog‘liq yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazish ishlari yo‘lga qo‘yildi.

Joriy yilda Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi bilan tuzilgan ikki tomonlama shartnomaga binoan 400 ga yaqin fuqaroda ana shu a’zo bilan bog‘liq, yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyotlari o‘tkazildi. 12 mingdan ortiq bemorga tibbiy maslahatlar berildi.

– Hozirgi zamon tibbiyoti, oftalmologiya yutuqlari ko‘z xastaliklarini davolashda mo‘’jiza yaratmoqda, – deydi Sirdaryo viloyat ko‘z kasalliklari shifoxonasi bosh shifokori, oliy toifali oftalmolog Rasul Karimov. – Ya’ni, turli jarrohlik amaliyotlari o‘rniga ultratovushda, kesmasdan, choksiz davolash usullari amalga oshirilyapti. Avvallari katarakta kasalligida ko‘z butkul ko‘rmay qolgandagina operatsiya qilinardi. Aslida o‘z vaqtida o‘tkazilmagan amaliyot bemorda turli asoratlarga sabab bo‘lishi mumkin. Hozirgi kunda esa mikrojarrohlik texnikalari takomillashishi natijasida mazkur amaliyotni ko‘z xiralashishining dastlabki bosqichida qo‘llash, ko‘plab noxushliklarning oldini olish imkonini bermoqda. Shunday ekan, bemor o‘zida ko‘z kasalliklarining biror bir alomatini sezishi bilan shifokorga murojaat etishi, maxsus tekshiruvlardan o‘tib, istalgan vaqtda davolanishi mumkin. Buning uchun shifoxonamizda yetarlicha sharoit va imkoniyatlar bor.

Ayni vaqtda Sirdaryo viloyat ko‘z kasalliklari shifoxonasida, shifoxonaning tajribali oftalmologlari tomonidan katarakta, glaukoma, ko‘z yosh yo‘llari, g‘ilaylik, boshqa jarohatlar, ayrim kosmetik operatsiyalar muvaffaqiyatli o‘tkazilmoqda.

 

O‘zA