Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Malakalarni baholash markazi tashkil etiladi
06:18 / 2022-07-21

Davlatimiz rahbarining 2020 yil 31 dekabrdagi “Malakalarni baholash tizimini tubdan takomillashtirish va mehnat bozorini malakali kadrlar bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash doirasida “Qo‘ng‘irot soda zavodi” mas’uliyati cheklangan jamiyati qo‘shma korxonasi qoshida “Malakalarni baholash markazi” tashkil etiladi.

– Maqsad, aholi keng qatlamlarini talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitish, malakali kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish, zavodni yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlashdan iborat, – deydi markaz rahbari  Baxtiyor Jalgashov. – Bu esa, xodimlarni ishga qabul qilish, lavozimini o‘zgartirish, razryadini ko‘tarishni shaffof va xolis baholashni ta’minlaydi.

Davlatimiz rahbarining raisligida 2021 yil 17 noyabr kuni kimyo sanoatida amalga oshirilayotgan ishlar tahlili va yangi loyihalar muhokamasi yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash,  oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlash maqsadida korxona qoshida “Maxsus o‘quv markazi” hamda “Maxsus fakultet” tashkil etish rejalashtirilgan.

[gallery-7978]

“Maxsus o‘quv markazi”da korxona xodimlari har 3 yildan malakasini oshirib boradi. Bunda ular 4 ta yo‘nalish bo‘yicha shartnoma asosida o‘qitiladi.

“Maxsus fakultet”da esa, magistratura yo‘nalishi bo‘yicha sirtqi o‘quv shaklda 4 ta yo‘nalish bo‘yicha har bir yo‘nalishda 3 ta qabul kvotasi bo‘yicha mutaxassislar qabul qilinadi.

Amalga oshirilayotgan ishlar korxonalarni transformatsiya qilish, ularga zamonaviy texnologiyalar va boshqaruv tizimini joriy etish, eng asosiysi, yuqori qiymatli tovarlar ishlab chiqarishga, eksport hajmining ko‘payishiga xizmat qiladi.

 

Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA