Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Malakaga ega shaxslar milliy reyestrini yuritish bo‘yicha yagona ochiq axborot tizimi shu yil yakuniga qadar to‘liq ishga tushiriladi
19:45 / 2021-12-11

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar “Malakaga ega bo‘lgan shaxslarning milliy reyestrini, kasbiy standartlarning milliy registrini, malakani baholash markazlarining registrini shakllantirish borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi masala yuzasidan yuborilgan Qonunchilik palatasining parlament so‘roviga Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining javobini ko‘rib chiqdilar.

Qayd etilganidek, kasbiy malakani baholash bo‘yicha faoliyat bilan shug‘yllanuvchi yuridik shaxslar registrini hamda tasdiqlangan malakaga ega shaxslar milliy reyestrini yuritish bo‘yicha "www.malaka.mehnat.uz" yagona ochiq axborot tizimi 2021 yil yakuniga qadar to‘liq ishga tushiriladi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining rasmiy veb-saytida tasdiqlangan malakaga ega bo‘lgan shaxslarning milliy reyestri hamda malakani baholash markazlarining registrini joylashtirish uchun alohida sahifa ajratildi.

Shuningdek, vazirlik tomonidan Toshkent shahri va hududlardagi 14 ta "ishga marhamat" monomarkazlarida 56 ta shtat birligidan iborat malakani baholash markazlari tashkil etildi. Vazirlik tizimidagi 14 ta malakani baholash markazlarining 17 ta kasb turlari bo‘yicha ekspertlar malakasi oshirildi.

Joriy yilning aprel oyidan boshlab "www.prof-standart uz" kasbiy standartlarning yagona ochiq portali ishga tyshirildi. Unda kasbiy standartlarning registri va ular matnlarining amaldagi tahrirlari bilan erkin tanishish, ish beruvchilar va mutaxassislar tomonidan kasbiy standartlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha tashabbus ko‘rsatish, "ochiq maydoncha" tamoyili asosida va real vaqt rejimida yangi kasb standartlarini ishlab chiqish, amaldagilarini takomillashtirish ishlari amalga oshirib kelinmoqda.

Parlament so‘roviga javobda ta’kidlanishicha, “2021 yilga mo‘ljallangan kasbiy faoliyatning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy standartlarni ishlab chiqish reja-grafigi"ga asosan 28 ta tarmoq kengashlari tomonidan 2021 yil yakuniga qadar 798 ta kasbiy standartlar ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish belgilangan.

Ushbu portal orqali ayni vaqtga qadar 1 ming 290 ta kasb standartlari ro‘yxatdan o‘tkazildi. Joriy yilning o‘zida 633 ta kasb standart loyihalari tarmoq kengashlari tomonidan portalga joylashtirilgan. Shundan hozirgi kunga kadar 325 tasi tegishli tartibda ro‘yxatga olingan bo‘lsa, 243 tasi ekspertizadan o‘tkazilgan holda, ro‘yxatga olish uchun tayyor holatga keltirildi.

Majlisda malakaga ega bo‘lgan shaxslarning milliy reyestrini, kasbiy standartlarning milliy registrini, malakani baholash markazlarining registrini shakllantirish borasida olib borilgan ishlar ko‘lamini yanada kengaytirish bo‘yicha qator takliflar ilgari surilib, parlament so‘roviga yuborilgan javob ma’lumot uchun qabul qilindi.

Mohigul Qosimova,
O‘zA