Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Malaka toifasi bo‘yicha ilk marotaba elektron sertifikatlar tarqatildi
09:55 / 2022-03-09

Hukumat qarori bilan 2021 yil pedagog kadrlarga qog‘oz shakldagi attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risidagi sertifikat berish amaliyoti bekor qilinib, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va QR-kod qo‘yilgan elektron shakldagi sertifikat berish tartibi joriy etilgan edi.

Elektron sertifikatlarning dastlabkilari faoliyati davomida yutuqlarga erishgan, malaka toifasi (lavozim)ni to‘g‘ridan-to‘g‘ri (attestatsiyadan o‘tkazilmasdan) qo‘lga kiritgan pedagoglarga tarqatildi.

Ya’ni yangi nizomga bilan ta’lim tashkilotlarining pedagog kadrlariga malaka toifasi (lavozim) to‘g‘ridan-to‘g‘ri (attestatsiyadan o‘tkazilmasdan) berilish tartibi belgilangan.
Unga ko‘ra, tuman (shahar) miqyosidagi sport musobaqalarining birinchi o‘rin sovrindorlarini tayyorlagan ta’lim tashkilotlari jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga — ikkinchi malaka toifasi (katta o‘qituvchi lavozimi);

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosidagi sport musobaqalarining birinchi o‘rin sovrindorlarini tayyorlagan ta’lim tashkilotlari jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga — birinchi malaka toifasi (yetakchi o‘qituvchi lavozimi);
xalqaro hamda respublika miqyosidagi sport musobaqalarining birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘rin sovrindorlarini tayyorlagan ta’lim tashkilotlari jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga — oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi);

xalqaro matematika (IMO), fizika (IPhO), kimyo (IChO), biologiya (IBO) informatika (IOI) olimpiadalarida oltin, kumush yoki bronza medal (birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘rin) sovrindorlarini tayyorlagan ta’lim tashkilotlarining pedagog kadrlariga — oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi) to‘g‘ridan-to‘g‘ri (attestatsiyadan o‘tkazilmasdan) beriladi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining davlat mukofotlari bilan taqdirlangan, «Ustoz» milliy mukofoti g‘oliblari, Worldskills musobaqalari sovrindorlarini tayyorlagan yoki respublika miqyosidagi fan olimpiadalari va ko‘rik-tanlovlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarni tayyorlagan pedagoglarning malaka toifasi (lavozimi) hech bir sinovlarsiz bir pog‘onaga oshirilmoqda.
Ilk elektron sertifikatlarni qo‘lga kiritgan o‘qituvchilar www.pedkadr.tdi.uz sayti, davlat xizmatlari markazi yoki yagona davlat interaktiv xizmatlari orqali hujjatlarini elektron ko‘rinishda yuklashgan bo‘lib, QR-kod qo‘yilgan elektron shakldagi sertifikatlar ularning shaxsiy kabinetlari yuborildi.

Birinchilar qatorida malaka toifa sertifikati elektron ko‘rinishda olgan ustozlardan biri Qibray tumanidagi 23-maktabning rus tili fani o‘qituvchisi Rayhan Tulyakova o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

– 2021 yilda «Ustoz» milliy mukofotini qo‘lga kiritdim. Shu vaqtda Vazirlar Mahkamasining pedagoglar attestatsiyasini o‘tkazish bo‘yicha yangi nizomi tasdiqlanganini eshitib, juda xursand bo‘ldim. Chunki, ushbu qarorga ko‘ra, o‘z ustida ishlab yutuqlarga erishayotgan, xususan «Ustoz» milliy mukofotida g‘olib bo‘lgan pedagoglarning toifalari 1 pog‘onaga oshirilishi belgilangan edi. Albatta bu biz uchun yaratilgan yagona qulaylik emas. Bundan tashqari, hujjat topshirish va sertifikatlarni olishda ham jarayonlar juda yengillashtirilgan edi.

Men ham ushbu imkoniyatdan foydalanib, 28 fevral kuni 2 toifa uchun attestatsiyada qatnashishga ariza topshirgan bo‘lsam, arizam qisqa muddatda mutasaddilar tomonidan ko‘rib chiqilib, qanoatlantirildi.

Buni nima uchun alohida ta’kidlayapman, chunki avvalgi tartibga ko‘ra, pedagog mutaxassis toifasidan oliy toifagacha 3-5 yil kutishi kerak bo‘lsa, endi 1,5-2 yilda ushbu natijaga erishishi mumkin. Boshqa tomondan, avvalgi tartibga ko‘ra, biz mart oyida attestatsiya jarayonlarini yakunlab, qog‘oz sertifikatlarimizni oylab kutishimizga to‘g‘ri kelardi. Endi esa shaxsiy kabinetlarimiz orqali ularni bemalol o‘zimiz yuklab olishimiz mumkin. Bu Xalqaro xotin-qizlar bayramida yoqimli sovg‘a bo‘ldi, – dedi Rayxan Tulyakova.

bugungi kunda malaka toifasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri olgan pedagoglarga sertifikatlar navbatma-navbat tarqatilmoqda.

 O‘zA