Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Malaka oshirish tizimi takomillashmoqda
18:33 / 2014-09-29

Toshkent viloyati pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida «Malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimining o‘quv-uslubiy faoliyatini modernizatsiyalash» mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.

Toshkent viloyati pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida «Malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimining o‘quv-uslubiy faoliyatini modernizatsiyalash» mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.

Institut professor-o‘qituvchilari, tinglovchilar ishtirok etgan seminarda Prezidentimiz rahnamoligida ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar o‘z samarasini berayotgani alohida ta’kidlandi. 

Ishtirokchilar sohaga oid yangiliklar, ilg‘or pedagogik texnologiyalarning ayrim elementlari, o‘qitishning samarali usullari haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldi. Malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimining o‘quv-uslubiy faoliyatini modernizatsiya qilish yuzasidan fikr almashdi.

– Viloyatimizdagi ta’lim muassasalari xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ishlarini muvofiqlashtirish ushbu dargohda amalga oshiriladi, – deydi viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti rektori Ro‘zimurod Choriyev. – Malaka oshirish tizimi o‘qituvchining kasb malakasi uzluksiz o‘sishini ta’minlashga xizmat qilishi lozim. Shuning uchun modernizatsiyani avvalo o‘zimizdan boshlasak, zimmamizga yuklangan katta rejalarni bekamu ko‘st amalga oshiramiz.

Seminar doirasida malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimini modernizatsiya qilishning tashkiliy-metodik asoslari, malaka oshirish jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish yo‘nalishlari, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish texnologiyasi kabi mavzularda sho‘ba yig‘ilishlari tashkil etildi.

– Qiziqarli o‘tgan mashg‘ulotlar har jihatdan foydali bo‘ldi, – deydi katta o‘qituvchi Feruza Rasulova. – Pedagogik texnologiyalarni amaliyotda samarali qo‘llash borasidagi bilimlarimiz boyidi. Bulardan kelgusida unumli foydalanamiz.