Xalq ta’limi tizimi xodimlarining muddatli – 3 va 5 yilda bir marotaba malakasini oshirish tizimi har yili malaka oshirishni nazarda tutuvchi uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimiga transformatsiya qilindi.
Istalgan vaqt va istalgan joyda turib onlayn tarzda malaka oshirish amaliyoti – “Uzluksiz kasbiy ta’lim” elektron platformasi ishga tushirilgan. Bu bilan malaka oshirish davridagi muammolar, xususan, o‘qituvchilarni boshqa o‘qituvchilar bilan almashtirish, o‘qituvchining oilasi va yashash joyidan yiroq ketishi, qo‘shimcha moliyaviy xarajatlar bilan bog‘liq ko‘plab muammolar bartaraf etildi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/DaEYOBc7uPI" title="Malaka oshirish kecha va bugun: nimalar o‘zgardi?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>Korrupsion holatlar, ortiqcha ovoragarchiliklarning oldini olish maqsadida malaka oshirish kursini tugatgandan so‘ng topshiriladigan test sinovlari va malaka ishi himoyasi bekor qilinib, avtomatlashtirilgan kredit-modul tizimi joriy etildi.
Dunyodagi ta’lim sifati yuqori mamlakatlar tajribasidan kelib chiqib, maktab direktorlari va o‘qituvchilarni sertifikatlash tizimi joriy qilinmoqda. Bu direktor va o‘qituvchilarni o‘z ustida muntazam ishlash, zamon bilan hamnafas bo‘lishga undaydi.
Natijalarga qanday erishildi? Bu boradagi islohotlarni pedagoglar qanday qabul qildi?
Bu haqida xalq ta’limi tizimi pedagog kadrlari o‘z fikr va mulohazalarini bildirdi.
B.MELIQULOVA, Yo.MELIBOEV, O‘zA