Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maktabning yangi binosi foydalanishga topshirildi
16:01 / 2023-02-24

FOTOREPORTAJ

Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani Gulobod mahallasidagi 80-umumta’lim maktabining yangi binosi foydalanishga topshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi, senator A. Sanginov 2021 yil tuman faollari va fuqarolari bilan o‘tkazgan uchrashuvida ushbu umumta’lim maktabida o‘quvchi sonining ko‘payganligini hisobga olib, maktabni qo‘shimcha sinfxonalar bilan ta’minlash masalasida amaliy yordam berishini bildirgan edi. A. Sanginovning senatorlik so‘rovi bilan 3 milliard so‘m mablag‘ evaziga maktabning barcha qulayliklarga ega bo‘lgan 300 o‘rinli qo‘shimcha binosi qurib, foydalanishga topshirildi.  

[gallery-10696]

Shu munosabat bilan tashkil etilgan marosimda hokimlik vakillari, sektorlar rahbarlari, xalq ta’limi mas’ullari, nuroniylar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.  

Maktabining yangi o‘quv binosida keng va shinam o‘quv xonalari, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish uchun 3 ming 500 dan ortiq badiiy kitoblar to‘plami mavjud bo‘lgan kutubxona, yangi texnologiyalar asosida tashkil etilgan kompyuter sinflari, kasb-hunar o‘rganishga mo‘ljallangan to‘garak xonalari mavjud.  

Tadbirda ishtirok etgan tuman hokimi Abduqodir Donayev o‘quvchilar bilan dildan suhbat qurib, yoshlarni yaratilgan imkoniyatlardan oqilona foydalangan holda puxta bilim olishga chaqirdi.  

Ayni paytda ta’lim maskanida 765 nafar o‘quvchi 2 smenada ta’lim olmoqda.  

Jonibek QO‘ZIMURODOV (curat), O‘zA