Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maktabning internet tarmog‘i bilan bog‘liq muammosi hal etildi
13:04 / 2020-12-22

54-Norin saylov okrugidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylangan deputat Zafar Xudoyberdiyev Norin tumani hokimligida saylovchilar vakillari bilan muloqot qildi.54-Norin saylov okrugidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylangan deputat Zafar Xudoyberdiyev Norin tumani hokimligida saylovchilar vakillari bilan muloqot qildi.

Ayni jarayonda Qonunchilik palatasi tomonidan 2020 yilda qonun ijodkorligi, nazorat-tahlil va qonunlar targ‘iboti hamda saylovchilar murojaatlari bilan ishlash yo‘nalishlarida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berdi.

Deputat shu kuni tumandagi Tegirmonboshi, Suzoqovul mahallalarida ham bo‘lib, aholi muammolari bilan qiziqdi. Saylovchilar tomonidan ko‘chalarni shag‘allashtirish, elektr energiyasi ta’minoti, podstansiyalar, simyog‘ochlar ahvoli, suyultirilgan gaz, tabiiy gaz ta’minotidagi muammolar ko‘tarildi. O‘rtaga qo‘yilgan masalalar tumanning xizmat ko‘rsatish sohasi rahbarlari ishtirokida joyida ko‘rib chiqilib, yechimi yuzasidan amaliy choralar ko‘rildi.

— Suzoqovuldagi 22-umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi, hozirgi holati bilan tanishdik, — deydi Z.Xudoyberdiyev. — Binoning isitish tizimida muammolar yo‘q, boshqa shart-sharoitlar ham yaxshi. Biroq maktab zamonaviy kompyuterlar bilan ta’minlangan bo‘lsa-da, ulardan yetarlicha foydalanilmayapti. Boisi, hududga keltirilgan internet tarmog‘i hali maktabga olib kirilmagan. Asosan mablag‘ bilan bog‘liq bo‘lib turgan ushbu masala yechildi. Bilim dargohi yaqin kunlar ichida tarmoqqa ulanadi.

Ho‘jaqo‘rg‘oncha mahallasi ahlining deputatga murojaati ham yechimini topadigan bo‘ldi. Bu yerda aholi mablag‘lari hisobida qurilayotgan Umarxo‘ja Eshon jom’e masjidining elektr tarmog‘ida muammo bor ekan, uni hal etish uchun tegishli taklif tayyorlandi.

Deputat Uychi tumanidagi saylovchilari bilan ham uchrashishni rejalashtirgan.