O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, maktab ta’limi tizimida belgilab berilgan ustuvor vazifalardan kelib chiqib, umumiy o‘rta ta’lim maktablarining yangi tahrirdagi namunaviy ustavi tasdiqlandi.
Yangi tahrirdagi maktab ustaviga quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda:
“Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasi qarorlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiqlashtirildi.
Maktab direktorlarini tayinlash tartibi (Direktorlar kengashi), maktab ta’limida raqamlashtirish (ERP) va davlat xizmatlarini ko‘rsatish, sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi, o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish, inklyuziv ta’lim jarayonlari belgilandi.
Shuningdek, yangi ustavga maktab ma’muriyati (direktor va o‘rinbosarlarning) vazifalari, pedagog xodimlarning huquqi va majburiyatlari bugungi kun talablaridan kelib chiqib takomillashtirildi.
O‘zA