Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maktablarni ta’mirlashga ajratilgan mablag‘lar talon-toroj qilindi
10:38 / 2022-09-29

Maktablar – farzandlarimiz nafaqat bilim, balki hayot ta’limini o‘rganadigan muqaddas dargoh. Ularda shart-sharoit qanchalik yaxshi bo‘lsa, bu ustozlarga ham, o‘quvchilarga ham qulaylik yaratadi.

 Ta’lim muassasalarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash borasida zamonaviy maktab talablariga mos ravishda sifat nazorati yaratilgan. 

Mazkur nazorat tizimi bo‘yicha Bosh prokuratura huzuridagi Departament organlarining asosiy e’tibori huquqbuzarlik sodir etilgunga qadar aniqlash, profilaktika qilish va bartaraf etishga qaratilgan. 

Profilaktik tadbirlar hamda ko‘rsatilayotgan amaliy yordamlarga qaramasdan yaratilgan sharoitlarni shaxsiy boylik orttirish “imkoniyati” sifatida ko‘rayotgan ayrim qurilish tashkilotlarining rahbarlari maktab binolarini qurish yoki joriy ta’mirlashida belgilangan talablarga rioya qilmasdan ajratilgan mablag‘larni talon-toroj qilish holatlari kuzatilmoqda. 

Departamentning hududiy bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda amalda bajarilmagan ishlarni rasmiy hujjatlarga qo‘shib yozish holatlari uchramoqda. Masalan,  Buloqboshi tumanida “T.T.” mas’uliyati cheklangan jamiyati  tomonidan 1,2 milliard so‘m, Tomdi tumanida “N.O.” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan 316 million so‘m va Olmaliq shahrida “M.Ye.” mas’uliyati cheklangan jamiyati  tomonidan 306 million so‘m talon-toroj qilingan. 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan  jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. 
 

O‘zA