Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maktablarga “Qizil kitob” topshirildi
18:23 / 2023-09-04

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tashabbusi bilan yosh avlodning ekologik ongi va madaniyatini yanada oshirish, bolalarda tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish ko‘nikmasini shakllantirish maqsadida bolalar uchun mo‘ljallangan “Qizil kitob” nashrdan chiqarildi.

Yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan Navoiy viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi tomonidan viloyatdagi 365 ta maktabga 1400 dona “Qizil kitob” topshirildi.  

Ma’lumot uchun: Tabiatshunos olim P.Skott qizil rang ogohlik belgisi ekanligini aytib, bu kitobni “Qizil kitob” deb nomlashni taklif qilgan. Noyob o‘simliklar va hayvonlarning omon qolishiga yordam berish uchun maxsus qo‘riqxonalar va bog‘lar yaratila boshlandi. U yerda o‘simliklarni yig‘ish, hayvonlarni ovlash qat’iyan man etilgan.  

O‘zbekiston Qizil kitobining birinchi nashri 1984 yilda, so‘ngi nashri esa 2019 yilda nashr etilgan bo‘lib, unga 314 ta o‘simlik hamda 206 ta hayvon turlari kiritilgan. 

 

A.Bo‘riyev, O‘zA