Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maktablarda yo‘l harakati qoidalarini o‘rgatuvchi xonalar tashkil etiladi
11:10 / 2022-11-18

Xalq ta’limi vazirligining A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutida malaka oshirayotgan maktab direktorlari uchun seminar tashkil etildi. Seminar mazkur institut va Ichki ishlar vazirligining Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati hamkorligida o‘tkazildi.

Tadbirda «Xavfsiz va ravon yo‘l» umummilliy dasturi asosida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan yangi qaror mazmun mohiyati tushuntirildi.



Shuningdek, 2023 yildan boshlab umumta’lim maktablarida joriy etilishi mo‘ljallanayotgan «Yo‘l harakati xavfsizligi xonasi» va «Yo‘l harakati qoidalarini o‘rgatuvchi maydon» eskiz loyihalari namoyish etildi.



Mazkur loyihalarda maktab o‘quvchilarida yoshlikdan yo‘l harakati ko‘nikmalarini shakllantirish va bu orqali turli noxush holatlarning oldini olish ko‘zda tutilgan.

O‘zA