Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maktablarda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan ochiq darslar o‘tkazilmoqda
19:06 / 2021-02-03

Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududidagi umumta’lim maktablarida fan oyliklari doirasida tashkil etilayotgan ochiq darslar pedagoglarning ijodiy faolligini oshirish, ularning tajribasi, ta’lim jarayonida qo‘llayotgan uslubini targ‘ib qilish hamda o‘quvchi-yoshlarning bilim va ko‘nikmasi yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

[gallery-1009]

Taxtako‘pir tumanidagi 3-ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabida kimyo, biologiya, fizika fanlari bo‘yicha o‘tkazilgan ochiq darslarda tumandagi barcha maktablarning tabiiy fanlar o‘qituvchilari qatnashdi.

Ochiq darslar “Xlor-kimyoviy element”, “Reproduktiv salomatlik”, “Oshqozon-ichak organlarining tuzilishi va funksiyasi” kabi bir nechta mavzular bo‘yicha tashkil qilindi. Unda ishtirokchi pedagoglar mavzular va dars jarayonlari bo‘yicha o‘zaro fikr almashdi.

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA