French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maktablarda dars soatlari qaysi mezonlar asosida taqsimlanadi?(+video)
09:50 / 2022-09-30

Xalq ta’limi vazirligi Ta’lim sifati jarayonlarini muvofiqlashtirish departamenti direktori Laziz Xo‘jaqulov O‘zA muxbirining maktablarda dars soatlari qanday mezonlar asosida taqsimlanishi, o‘qituvchilar faoliyati yuzasidan savollariga javob berdi.

– Bugun respublikamizdagi maktablarda nechta o‘qituvchi faoliyat yuritadi? 

– bugungi kunda respublikamiz bo‘yicha 10 ming 85 ta maktabda 502 mingta o‘qituvchi ishlaydi. Hozirgi kunda respublikamiz maktablarida 6,4 million nafar o‘quvchi o‘qiydi. Maktablardagi darslarni hisoblaydigan bo‘lsak, taxminan 400 ming nafar o‘qituvchi uchun  joy bor. Bu  100 mingdan ortiq o‘qituvchi qo‘shimcha ishlab turibdi, degani.  

—Maktablarda dars soatlari qaysi mezonlar asosida taqsimlanadi? 

—Bizda 6 turdagi dunyoda tan olingan xalqaro olimpiadalar bor. Birinchi galda xalqaro olimpiadalarga g‘olib hamda sovrindorlarni tayyorlagan o‘qituvchilar eng ko‘p dars soatlarini olishadi. Xalqaro olimpiadalarda g‘olib bo‘lib, maktabda dars berishni xohlaydigan o‘qituvchilarga, shuningdek, bilimlari darajasini belgilovchi xalqaro sertifikat olganlar ham ko‘proq dars soatiga ega bo‘ladi. Dunyoning top mingtalik universitetini bitirganlar, respublika olimpiadalari g‘olibi bo‘lib, o‘qituvchilik qilayotganlar, respublika miqyosidagi tanlovlar g‘oliblariga ham ko‘proq dars soatlari ajratiladi. So‘ng oliy toifali, birinchi va ikkinchi toifali o‘qituvchi, undan keyin toifasiz va hattoki oliy ta’lim muassasasini tugatmagan o‘qituvchilarga dars soatlari bo‘linadi. Ya’ni, 9 bosqichdan iborat jarayon. Buning natijasida qaysidir o‘qituvchi kamroq soat bilan qolishi mumkin. Ko‘p mehnat qilgan odam esa albatta uning mahsulini ko‘rishi kerak. 

—  Maktablarda dars soatlarini taqsimlash bo‘yicha nizolar kelib chiqqanda xodimlar qayerga murojaat qilishlari kerak? 

— G‘arb mamlakatlarida bunday holatlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri sudga murojaat qilinadi. Chunki faqatgina sud kim haq, kim nohaqligini ayta oladi. Bizda maktablarda shunday nizoli holatlar sodir etilsa, xalq ta’limining tuman, viloyat, respublika miqyoslariga murojaat qilinadi. Ijro organi o‘zining tizimidagi ikki sub’ektning nizosiga aralashuvi manfaatlar to‘qnashuviga olib keladi. Chunki ikkalasi ham bitta tizimning xodimi. Maktab direktori maktab manfaatini himoya qiladigan bo‘lsa, o‘qituvchi xalq ta’limi tiziminiki. 

— Xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lgan tajribali o‘qituvchilar qonun bo‘yicha nechta maktabda va qancha stavkada ishlashi mumkin? 

— O‘qituvchi yiliga 2 ming 322 soat dars berishi mumkin. Bu 1,5 stavka degani. Albatta bitta maktabda bir, ikkinchi maktabda yarim stavka ishlashi mumkin. Bu mehnat qonunchiligida belgilab qo‘yilgan. Hech kim bir shaxsni bitta tashkilotda ishlashi kerak, degan cheklovni qo‘yolmaydi. 

<iframe width="1280" height="720" src="https://www.youtube.com/embed/UuiCU73t7q4" title="MAKTABDA NOHAQLIK BO‘LSA, QAERGA MUROJAAT QILISH KERAK?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>

 

Nigora Rahmonova,  
Nishonboy Abduvoitov (video) O‘zA