Birlashgan Millatlar Tashkiloti Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirliklari va mahalliy hokimiyat organlari bilan yaqin hamkorlikda “Maktab ovqatlantirish dasturini sinovdan o‘tkazish orqali oziq-ovqat xavfsizligi va sog‘lom ovqatlanishni yaxshilashni qo‘llab-quvvatlash” texnik hamkorlik loyihasini amalga oshirmoqda.
Loyiha ishga tushirilganidan buyon O‘zbekistonda oziq-ovqat bo‘yicha dalillarga asoslangan ta’limni joriy etish, oziq-ovqat xavfsizligi amaliyotini takomillashtirish, ta’lim vositalarini ishlab chiqish, targ‘ibot tadbirlarini sinovdan o‘tkazish va barqaror maktab ovqatlanishi bo‘yicha milliy muloqotni qo‘llab-quvvatlash orqali O‘zbekistonda maktab oziq-ovqat muhitini mustahkamlashga hissa qo‘shildi. Loyiha yakuniga yaqinlashar ekan, ushbu yakuniy tadbir asosiy natijalarni taqdim etish, olingan saboqlar bo‘yicha o‘zaro tajriba almashish va loyiha yutuqlarini saqlab qolish va butun mamlakat bo‘ylab kengaytirish yo‘llarini muhokama qilish imkoniyatini beradi.
Seminar maktabda ovqatlantirish bilan shug‘ullanadigan keng doiradagi manfaatdor tomonlarning vakillarini birlashtirdi. Ishtirokchilar orasida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, boshqa davlat idoralari, oziq-ovqat xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari mas’ul xodimlari, shuningdek, loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan ekspertlar va hamkorlar qatnashishdi.
Bundan tashqari, tadbirda sinov-tajriba maktablarining tanlangan bir guruhi, jumladan, maktab o‘quvchilari, ota-onalar,o‘qituvchilar va maktab oziq-ovqat xizmati xodimlari ishtirok etadi va ular loyiha faoliyatida ishtirok etish orqali o‘z istiqbollari va tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/oPL1zp2CEv0" title="Maktablarda barqaror va sogʼlom ovqatlanish sari" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA