Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maktablar yangi o‘quv yiliga tayyorlanmoqda
08:27 / 2022-08-11

Yangi o‘quv yilining boshlanishiga ham sanoqli kunlar qoldi. Joylarda maktablarni joriy o‘quv yiliga tayyorlash, qurilish-ta’mirlash ishlari davom etmoqda.

Namangan viloyati Yangi Namangan tumani hokimi, sektorlar rahbarlari Kelajak tongi mahallasida barpo etilayotgan maktabda bo‘ldi.

Bu yerda 16 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ evaziga 660 o‘rinli maktab qurilmoqda. Qurilish ishlari “Sifat kafolat standart servis” xususiy korxonasi bunyodkorlari tomonidan amalga oshirilmoqda.

[gallery-8256]

Shuningdek, tumanning Sherbuloq mahallasida ham “Obod mahalla” Davlat dasturi asosida 89-umumta’lim maktabida qurilish ishlari olib borilmoqda. Bu yerda qo‘shimcha 360 o‘rinli yangi bino barpo etilib, mavjud binolar to‘liq ta’mirlanmoqda.

Ishchi guruh har ikki joydagi qurilish jarayonlarini ko‘zdan kechirdi. Mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.

 

Hotam MAMADALIEV(surat), O‘zA