Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Maktablar ligasi” sport musobaqalari g‘oliblari taqdirlandi
14:20 / 2024-06-02

Joriy yilda Qashqadaryoda ilk bor umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilari o‘rtasida viloyat hokimi kubogi uchun “Maktablar ligasi” sport musobaqalari o‘tkazildi. Ushbu musobaqalarning maktab bosqichida 250 ming nafardan oshiq, sektor bosqichida 50 ming nafarga yaqin, tuman va shahar bosqichida 3 ming nafardan oshiq o‘g‘il-qiz ishtirok etdi.

Musobaqalarning yakuniy viloyat bosqichida qatnashgan 768 nafar o‘quvchining 150 nafari g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Qarshi shahridagi Prezident maktabida g‘oliblikka erishgan o‘quvchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.  

Tadbirda ishtirok etgan viloyat hokimi M.Azimov barcha ishtirokchilarni, ushbu tadbirga hissa qo‘shgan homiy tashkilotlar rahbarlarini samimiy qutladi va g‘oliblarga estalik sovg‘alarini topshirdi. 

 [gallery-17667]

– Kuni kecha viloyat hokimi olimpiadasining 30 nafar g‘olibi va ularning ustozlarini taqdirladik, – dedi viloyat rahbari. – Bugun sizlarning ulkan yutuqlaringizga guvoh bo‘lib turibmiz. Bu ikki voqeada uzviy bog‘liqlik bor. Bu muvaffaqiyatlar vohamiz yoshlarining yuksak intellekt va jismoniy barkamollik sari astoydil intilayotganidan dalolatdir. Yurtimiz yoshlari yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, turli sohalarda dastlabki umidbaxsh natijalarni qo‘lga kiritayotgani albatta barchamizni xursand qiladi. Ayniqsa, jahon maydonlarida yuksak shohsupalarga ko‘tarilib, O‘zbekistonimiz bayrog‘ining baland hilpirashiga, madhiyamizning jaranglashiga sababchi bo‘layotgan o‘g‘il-qizlarimiz bilan g‘ururlanamiz.  

Bayramona ko‘rinish olgan taqdirlash marosimi konsert dasturiga ulanib ketdi. El suygan san’atkorlarning chiqishlari barchaga xush kayfiyat ulashdi.  

O‘lmas Barotov, Jamshid Norqobilov (surat), O‘zA muxbirlari