French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Maktablar ligasi” g‘oliblari aniqlandi
11:43 / 2025-07-01

FOTOREPORTAJ

Qashqadaryo viloyatida viloyat hokimi Murodjon Azimov tashabbusi bilan o‘rta maktab o‘quvchilari o‘rtasida tashkil etilgan viloyat hokimi kubogi uchun “Maktablar ligasi” sport musobaqalarining ikkinchi mavsumi o‘tkazildi.

Tadbir davlatimiz rahbarining yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish va jismoniy rivojlanishiga doir ishlarni targ‘ib etish borasidagi qarorlari amaliyotining bir qismi sifatida tashkil etildi.

Bellashuvlar joriy yilning fevral-may oylari davomida o‘tkazilib, uning maktab bosqichida 300 mingdan ortiq, cyektor bosqichlarida 60 mingga yaqin, tuman va shahar bosqichlarida 3 mingdan ortiq, viloyat bosqichida 768 nafar o‘quvchi qatnashdi.

[gallery-24115]

Yakuniy bosqichda 144 nafar ishtirokchi g‘olib deb topildi. 

Musobaqa doirasida o‘tkazilgan tadbirlar nafaqat sport maydonlarida, balki ta’lim muassasalarida ham katta qiziqish uyg‘otdi. O‘quvchilar o‘zlarining sportga bo‘lgan ishtiyoqini namoyish etish bilan birga, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda ham faol ishtirok etdi. Bu esa, o‘z navbatida, yoshlarning jismoniy va ma’naviy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.

“Maktablar ligasi”ning ikkinchi mavsumi davomida sportning futbol, voleybol, basketbol, yengil atletika kabi turlari bo‘yicha o‘tkazilgan bellashuvlar yoshlarning o‘z iqtidorini namoyon etishi uchun keng imkoniyatlar yaratdi. 

30 iyun – Yoshlar kunida Qarshi shahridagi Prezident maktabida musobaqa g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi o‘tkazildi. 

Tadbirda viloyat hokimi, soha rahbarlari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi. 

Jamoa va yakkalik bahslar g‘oliblariga kubok, diplom va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Jamshid NORQOBILOV(surat),O‘zA