Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maktabgacha yoshdagi bolalar o‘rtasida velomarafon o‘tkazildi
19:26 / 2023-06-02

Maktabgacha ta’lim agentligi tomonidan qator tashkilotlar bilan hamkorlikda 6 yoshli bolalar o‘rtasida Xiva shahrida o‘tkazilgan III velomarafon yorqin taassurotlarga boy bo‘ldi.

Maktabgacha ta’lim yoshidagi o‘g‘il-qizlarda chiqindilarni saralash ko‘nikmalarini shakllantirish, bolalar o‘rtasida barqaror – yashil transportni ommalashtirish sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda tabiat musaffoligini asrashning eng samarali usullaridandir. Aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda, farzandlarimizni kichikligidanoq sportga oshno qilib ulg‘aytirishda bu kabi tadbirlar muhim ahamiyat kasb etadi.  

Ta’kidlash joizki, bolalar va o‘smirlarni ekologik, jismoniy tarbiya va sportga ommaviy jalb qilish masalalari hukumatimizning doimiy e’tiborida bo‘lib kelmoqda.  

2021 yilda maktabgacha ta’lim tizimiga ekologik ta’lim-tarbiyani hamda bolalar uchun begovel haydash metodikasini joriy etish bo‘yicha loyiha ishga tushirildi. Bu esa maktabgacha yoshdagi bolalarning ekologik ta’lim va begovel haydash texnikasi bo‘yicha bilimlarini oshirish imkonini berdi.  

O‘sha yili 1 iyun kuni Toshkent shahridagi “Ekopark”da ilk marotaba bolalar velomarafoni o‘tkazilib, unda 13 ta pilot davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti 400 ta begovel bilan ta’mindi.  

2022 yilning 31 may kuni Samarqand shahrida ham ana shunday tadbir tashkil etilib, tanlab olingan 20 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga 500 ta begovel taqdim etildi.  

Loyihaning navbatdagi bosqichida Xiva shahridagi 18 ta pilot davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi maktabgacha yoshdagi bolalar uchun 500 ta begovel berildi.  

Shu kunga qadar jami 1 400 ta begovel Toshkent, Samarqand, Xiva shaharlari maktabgacha ta’lim tashkilotlariga berilgan bo‘lsa, bosqichma-bosqich boshqa hududlardagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga ham begovellar taqdim etilishi nazarda tutilgan.  

Mutaxassislarning aytishicha, begovelning afzalligi shundaki, bola odatdagi pedal velosipedga qaraganda unda muvozanatni saqlashni o‘rganishi osonroq. Begovel bolaning mushak-skelet tizimini mukammal darajada rivojlantiradi. Begovelda bola tanasini boshqarishni va harakatlarini tezlikda muvofiqlashtirishni o‘rganadi.  

M.Qosimova, 
O‘zA.