French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maktabgacha ta’limga qamrovni 65 foizga yetkazish masalasi muhokama qilindi
10:14 / 2021-01-29

Maktabgacha ta’lim vazirligida Prezidentimizning Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida belgilangan vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Videokonferensaloqa shaklida tashkil etilgan tadbirda vazirlik, hududiy boshqarmalar mas’ullari ishtirokida Murojaatnomada belgilangan vazifalardan kelib chiqib, maktabgacha ta’limga bolalar qamrovini 65 foizga yetkazish, bu borada mavjud imkoniyat va muammolar atroflicha tahlil qilindi.  

Maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin strategik rejalarni amalga oshirish uchun, birinchi navbatda, investitsiya dasturi doirasida MTTlarni kengaytirish, shuningdek, nodavlat sektorni rivojlantirish zarurligini ta’kidladi.  

– Alternativ ko‘rinishdagi bog‘chalarni yanada ko‘proq ochishimiz kerak, – dedi vazir. – Mahallalarda maktabgacha ta’lim tizimiga qamrab olinmagan o‘g‘il-qizlar hamda imkoniyati cheklangan bolalar uchun ta’limni keng qamrovli yo‘lga qo‘yishimiz zarur.  

Yig‘ilishda bandlik masalalari bo‘yicha ham so‘z yuritildi. Qayd etilishicha, 2020 yilda 30 mingdan ortiq abituriyentlar pedagogika kollejlariga qabul qilingan.

Maktabgacha ta’lim sohasida tahsil olayotgan barcha bitiruvchilarni kelgusida ish bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlandi.  

Shuningdek, oilaviy MTTlarni tashkil etish orqali bitiruvchi-yoshlarni ish bilan taminlash masalasi ko‘rildi. Ta’kidlanganidek, bu kabi oilaviy MTTlarni tashkil etish mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirishga ham xizmat qiladi.  

Mohigul Qosimova, O‘zA